Superliga. Nima uchun "Navbahor" bronza medallari sohibiga aylandi?

Оқил Абдубарноев
30 noya 2024, 17:43
Superliganing 2024 yilgi mavsumi yakuniga ko'ra, Namanganning "Navbahor" klubi uchinchi o'rinni egalladi.

Turnir reglamentiga muvofiq, ikki va undan ortiq qatnashchi to'plagan ochkolar teng bo'lib qolsa, ularning o'rni quyidagi ketma-ketlik bo'yicha aniqlanishi ko'zda tutilgan:

• o'zaro uchrashuv(lar) natijasiga ko'ra;

• o'zaro uchrashuvlarda olingan ochkolar natijasiga ko'ra;

• o'zaro uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;

• barcha uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;

• barcha uchrashuvlarda urilgan to'plar soniga ko'ra;

• barcha uchrashuvlarda raqib maydonida urilgan to'plar soniga ko'ra;

• barcha uchrashuvlarda erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;

• barcha uchrashuvlarda uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks ta’siriga ko'ra;

• barcha uchrashuvlarda safar o'yinlarida erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;

• barcha uchrashuvlarda uy o'yinlarida uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks ta’siriga ko'ra.

Superliganing joriy mavsumida oxirgi turdan so'ng uchta klub - "Navbahor", "So'g'diyona" va "Neftchi" klublari 43 ochkodan jamg'ardi.

Regmalentga muvofiq, bu holda dastlab o'zaro uchrashuvlar natijasi inobatga olinadi:

"So'g'diyona" - "Navbahor" 1:2

"Navbahor" - "Neftchi" 1:0

"Navbahor" - "So'g'diyona" 0:3

"Neftchi" - "So'g'diyona" 0:3

"So'g'diyona" - "Neftchi" 1:2

"Neftchi" - "Navbahor" 2:2

Uch klubning o'zaro o'yinlarida "Navbahor" - 7, "So'g'diyona" - 6, "Neftchi" 4 ochko jamg'ardi. 

Demak, "Navbahor" uchinchi, "So'g'diyona" to'rtinchi, "Neftchi" esa beshinchi o'ringa joylashadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia