Superliga. "Neftchi" "qora anana"ga chek qo'ydi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2022, 12:44
Kecha Coca Cola Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi farg'onaliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi va "qora anana"ga barham berishdi.

Gap shundaki "Neftchi" 2014 yildan buyon Superligada mavsumni g'alaba bilan boshlay olmayotgan edi. Bungacha Farg'ona jamoasi elitada 2013 yilda 1-turida zafar quchgandi. Shundan keyin ketma-ket besh yil davomida "Neftchi" chempionatni 3 ochko bilan boshlay olmayotgan edi.

"Neftchi"ning Superliga (Oliy liga)dagi 1-tur o'yinlari:

2013 yil
"Neftchi" - "Dinamo" 1:0

2014 yil
"Buxoro" - "Neftchi" 1:0

2015 yil
"Neftchi" - "Sho'rtan" 1:1

2016 yil
"Bunyodkor" - "Neftchi" 2:0

2017 yil
"Sho'rtan" - "Neftchi" 1:0

2018 yil
"Neftchi" - "Nasaf" 0:0

2019-2021 PRO liga

2022 yil
"Neftchi" - "Qo'qon-1912" 1:0







Video. "Neftchi" - "Qo'qon-1912". Murabbiylar nima deydi?         

Foto. "Neftchi" so'nggi daqiqada penaltidan urilgan gol evaziga g'alabaga erishgan uchrashuvdan GALEREYA         

"Neftchi" 1230 kundan keyin Superligada g'alabaga erishdi        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia