Superliga. Goli inobatga olinmagan va bir kishi kam qolgan "Paxtakor" "Navbahor" maydonida ochko yo'qotganiga qaramay, mavsumni ikkinchi o'rinda yakunladi

Оқил Абдубарноев
29 noya 2025
Superliganing 30-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Superliga. 30-tur

"Navbahor" – "Paxtakor" 1:1

29.11.2025

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

AVAR hakami: Timur Gaynullin

Komissar: Shohruh Said

Gollar: 0:1 – 14, Igor Sergeev (Hojiakbar Alijonov), 1:1 – 82, Zabihillo O'rinboev (Abbos G'ulomov)

"Navbahor": 16. Shukron Yo'ldoshev, 12. Saidazamat Mirsaidov (24. Dostonbek Abdulxaev, 67), 19. Mirzohid G'afurov (11. Muhammadali G'iyosov, 58), 36. Gilerme Gedesh, 99. Igor Gabriel, 7. Azimjon Ahmedov, 17. Ruslanbek Jiyanov, 70. Abbos G'ulomov, 8. Shohmalik Komilov, 13. Benjamin Teidi (14. Jamshid Boltaboev, 77), 29. Pedro Augusto (9. Zabihillo O'rinboev, 46)

Zaxira: 42. Farrux Qurbonov, 5. Julio Cesar, 6. Sherzod G'ulomjonov, 50. Muhammmadali Rakibov, 55. Komiljon Tojidinov. 

"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 77. Dilshod Saitov, 2. Behruzbek Asqarov (22. Umar Adhamzoda, 46), 7. Hojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 20. Dilshod Abdullaev, 17. Dostonbek Hamdamov (94. Brayan Riaskos, 46), 9. Ibrohim Ibragimov, 10. Aziz Turg'unboev, 21. Bashar Resan, 11. Igor Sergeev

Zaxira:  19. Jonatan Luiz, 18. Bobur Abduxoliqov, 26. Davron To'laganov, 32. Muhammadali Dilshodbekov, 41. Fazliddin Zuxriddinov, 50. Flamarion, 59. Muhammadbobur Karimov

Ogohlantirishlar: Benjamin Teidi (29), Pedro Augusto (45), Ibrohim Ibragimov (58), Bashar Resan (64), Jamshid Boltaboev (88)

Chetlatish: Bashar Resan (64, ikkinchi ogohlantirish)

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+2. Standart vaziyatdan so'ng Hamraliev gol urdi, ammo hakam o'yinni tashqari holatni qayd etdi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

88. Boltaboev katta tezlikda ketayotgan Alijonovni atayin to'xtatgani uchun ogohlantirildi.

85. "Paxtakor"da o'zgarish.

82. GOL! "Navbahor" hisobni tenglashtirdi! Zaxiradan maydonga tushgan O'rinboev chap qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joyladi.

80. Burchak uzatmasidan so'ng Sergeevning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi. 

77. "Navbahor"da o'zgarish.

72. Adhamzoda raqib posboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib, zarba yo'llay olmadi. Keyingi hujumda esa Gedesh jarima maydoni ichidan noaniq zarba yo'lladi.

72. Adhamzoda raqib posboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib, zarba yo'llay olmadi. Keyingi hujumda esa Gedesh jarima maydoni ichidan noaniq zarba yo'lladi.

67. "Navbahor"da o'zgarish.

64. Bashar Resan hakamlarga etiroz bildirgani uchun ketma-ket ikki marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi. "Paxtakor" maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi. Igor Sergeev jamoadoshiga jiddiy etiroz bildirdi.

62. G'iyosov raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi.

59. Teidining jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

58. Ibragimov qo'pollik uchun ogohlantirildi.

57. Mezbonlarning jarimadan uzatmasini Nazarov urib yubordi.

54. Sergeevning zarbasi o'ta noaniq.

53. Jiyanovning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Navbahor"da bir, "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

45+1. Ahmedovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq.

45. Pedro Augusto hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

44. "Navbahor" murabbiylar shtabi a'zolaridan biriga qizil kartochka ko'rsatildi.

36. Komilovning zarbasi ancha yuqorilab ketdi.

29. Teidi markazda Asqarovni ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.

26. G'ofurovning kuchli uzatmasiga Mirsaidov eta olmadi.

21. "Paxtakor" futbolchisining yana bir qo'pol xatosidan so'ng mezbonlar birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

21. Jiyanovning olisdan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

18. Turg'unboev o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va markazga pas yo'lladi. Yo'ldoshev to'pni egalladi.

14. GOL! Sergeev chap oyoqda Superliganing joriy mavsumidagi 20-golini urib, hisobni ochdi!12. "Paxtakor" futbolchisining pas berishdagi qo'pol xatosidan so'ng Pedro raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib, zarba yo'lladi. Nazarov to'pni qaytardi.

11. Ibragimovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza yuqoorisidan o'tib ketdi.

9. Komilov o'z o'rnini tark etgan Nazarov darvozasini mo'ljalga oldi. To'p to'singa tegib, maydonni tark etdi.

8. Teidining zarbasini Nazarov qaytardi.

5. Jiyanovning jarimadan uzatmasini Nazarov egalladi.

4. Jiyanovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Navbahor" ko'k, "Paxtakor" och kulrang liboslarda o'ynaydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia