Superliga. "Paxtakor" Bekobodda yirik hisobda g'alaba qozondi, Sergeevdan dubl

Narzulla Saydullayev
3 okt 2018, 19:48
Superliganig 25-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yin boshlandi. 

10-daqiqa: Masharipovning uzoq burchakka tepgan aniq zarbasini Ilyosov qaytarib yubordi.

23-daqiqa: burchakdan oshirilgan to'pni Krimec boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'pni Ilyosov ushlab oldi

27-daqiqa: Masharipovning to'p uzatishidan keyin Gonsalveshning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi

43-daqiqada Masharipovning ajoyib to'p uzatishidan keyin Farrux Sayfiev hisobni ochdi - 0:1. 

Birinchi taym tugadi.

Ikkinchi taym boshlandi. 

69-daqiqada Ahmadovning oshirgan to'pidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir qolgan Igor darvozani aniq nishonga oldi -0:2. 

90-daqiqada uzoq davom etgan hujumni Igor yaqin masofadan aniq zarbasi bilan samarali yakunladi - 0:3. 

Uchrashuvda "Paxtakor" yirik hisobda g'alaba qozondi.



18:00 - “Metallurg” - "Paxtakor" 0:3

Hakamlar: Ishoq Ibragimov, Bekturin Kannazarov, Jalgasbay Sarsenov, Abdurashid Xudaybergenov.
Nazoratchi: Shamil Jumaev.
Komissar: Mamur Saidqosimov.

Gol: Farrux Sayfiev 43, - 0:1 (Jaloliddin Masharipov). Igor Sergeev 69, - 0:2 (Jahongir Ahmadov). Igor Sergeev 90, - 0:3

"Metallurg": Javohir Ilyosov, Shahzod Shaymanov, Islombek Isoqjonov (Abror Toshqo'ziev, 67), Jasur Hasanov, Davronbek Umirov (Muhammad Isaev, 46), Sherzod Fayziev, Xudoyshukur Sattorov, Bahodir Pardaev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko (Doniyor Hoshimov, 76), Otabek Zokirov
Zaxira: Vladimir Vagin,

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Sherzod A'zamov, Jahongir Ahmadov (Jamshid Iskanderov, 75), Azimjon Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh (Bahrom Abdurahimov, 71), Egor Krimec, Farrux Sayfiev, Dragan Cheran (Vladimir Kozak, 90+1), Igor Sergeev
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullaev, Kamoliddin Tojiev, Marko Simich, Tiago Bezerra

Ogohlantirishlar: Pavel Smolyachenko 63, Egor Krimec 79, 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia