Superliga-2020. "Mashal" "So'g'diyona"ni yirik hisobda taslim qildi

Narzulla Saydullayev
29 fev 2020
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Mashal" – "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


YANGILASH

O'yin boshlandi. 

2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mo'min Meliev o'ng qanotdan boshlangan hujumni gol bilan yakunladi - 1:0. 

10. Zarbaaa! Ayubxon Nomanovning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ifeanyining to'p uzatishidan keyin Nikita Pavlenko jarima maydoni tashqarisidan gol urdi - 2:0. 

26. Ulug'bek Baqoev jamoasi ikkita gol o'tkazib yuborgani uchun bir yo'la ikki nafar futbolchini almashtirdi.  Javohir Qahramonov o'rniga Sanat Shixov, Elivelto Ribeyro Dantas o'rniga Bahodir Nasimov tushdi. 

Mo'min Meliev bugun ancha faol, u asli jizzaxlik va “So'g'diyona” tarbiyalanuvchisi ekani e'tiborlidir.

34. Meliev dubl qayd etishiga biroz qoldi. U chap qanotdan katta tezlikda raqib jarima maydoniga kirib kelgandi. Ammo himoyachilar uning hujumini bartarf etishdi

40. Taym so'nggida tashabbus "So'g'diyona" tomonida, jizzaxliklar hujumga ko'proq o'tishmoqda

45. Jasur Hasanovning jarimadan uzatgan to'pini Elyor Orifov boshi bilan noaniq zarba berdi.

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha "Mashal" 2:0 hisobida oldinda  


Ikkinchi taym boshida o'zi zaxiradan maydonga tushgan Iskandar Shoyqulovning o'rniga Ivan Nagaev tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

53. ZARBA! Sirojiddin Kuzievning zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi

61. Mehmonlarning chap qanotdan etkazib bergan to'pini Norxonov boshi bilan darvoza tomon zarba berdi. Biroq bu to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

74. ZARBAAAAAAA! Shohruz Norxonovning to'xtatmasdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Najmiddin Normurodov jarima to'pidan ajoyib gol urdi 3:0.

O'yin tugadi, "Mashal" Superligaga qaytishini yirik g'alaba bilan nishonladi. 



"Mashal" – "So'g'diyona" 3:0
29 fevral 2020 yil. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 14:30
Hakamlar:
Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Andrey Sapenko, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gollar: Mo'min Meliev 2, - 1:0. Nikita Pavlenko 12, - 2:0 (Ifeanyi Ifeanyi). Najmiddin Normurodov 90+1, - 3:0.

"Mashal": 35.Rahimjon Davronov - 18.Abbos Shodmonov, 5.Najmiddin Normurodov, 23.Samandar Shukurullaev, 17.Jamoliddin Ubaydulloev - 22.Sirojiddin Kuziev (25.Eldor Boymatov, 90+3), 6.Sirojiddin Rahmatullaev, 7.Ifeanyi Ifeanyi (15.Muhammadali Aliqulov, 90) - 10.Sherzod Temirov, 9.Nikita Pavlenko (99.Jahongirbek Abdusalomov, 87) - 11.Mo'minjon Meliev.
Zaxira: 12.Dostonbek To'xtaboev, 8.Ahrorjon Inoyatov, 14.Ella Ken Armand, 21.Maruf Jumaev, 28.Ubaydullo Xoliqulov, 66.Zafarbek Akramov.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Iskandar Shoyqulov (17.Ivan Nagaev, 46), 4.Elyor Orifov, 5.Ayubxon Nomanov, 7.Sanjar Rashidov, 10.Shohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov, 18.Shavkat Mullajonov, 19.Javohir Qahramonov (12.Sanat Shixov, 26), 80.Elivelto Ribeyro Dantas (20.Bahodir Nasimov, 26), 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 8.Jamshid Boltaboev, 9.Oybek Nurmatov, 21.Sahob Rashidov, 22.Shahboz Jo'rabekov, 30.Dian Talxatov.

Ogohlantirishlar: Ifeanyi Ifeanyi 6, Nikita Pavlenko 63, Ivan Nagaev 77,






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia