Superliga. "Mashal"da 10-mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
27 apr 2026, 20:55
Superliga 10-turidan joy olgan "Mashal" – "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 10-tur

"Mashal" – "Buxoro" 0:1

G'uzor. "Markaziy" stadioni. 19:00

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Amir Galeev, Daniil Yacenko, Muhammadali Baxtiyorov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Shohruh Said

Gol: Sherzod Esanov 86, - 0:1.

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 5.Samandar Ochilov, 8.Sardor Abduraimov (99.Viashima Rafael Ayagva, 75), 10.Humoyun Murtozaev, 14.Abdul Rashid Abubakar, 15.Muhammadali Aliqulov (22.Nurjahon Muzaffarov, 46), 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 69.Roman Xadjiev, 97.Avgustin Chidi Kvem (9.Ibrohim G'anixonov, 90+1).

Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 3.Asan Vaniev, 13.Nuriddin Nuridinov, 27.Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, 29.Ahror Murodov, 45.Suxrobjon Parmonqulov, .

"Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev (8.Anvarjon Jo'raev, 83), 7.Xurshidbek Muxtorov, 9.Nika Kacharava (22.Asadbek Jo'raboev, 72), 10.Shahzodbek Ubaydullaev (25.Sherzod Esanov, 67), 17.Javohir Ro'ziev, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich (77.Asilbek Qayyumov, 83), 88.Dominik Begich (11.Timur Mamasidiqov, 46).

Zaxira: 1.Shirinoy Abdullaev, 4.Nodirbek Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 21.Mixeil Basheleishvili, .

Chetlatishlar: Abdul Rashid Abubakar 67, Asadbek Jo'raboev 76.

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+5. O'yin tugadi. “Mashal“ - “Buxoro“ 0:1.

90+1. O'zgarish. "Mashal". Chidi Kvem o'rniga G'anixonov tushdi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

86. GOL! SHERZOD ESANOV! “Buxoro“ning uzoq davom etgan hujumini Esanov gol bilan yakunladi - 0:1.

83. O'zgarishlar. "Buxoro". Xayrullaev va Rodich o'rniga Jo'raev va Qayyumov tushdi

81. UXXX! Rodichning zarbasidan keyin To'xtaboev to'pni qaytardi

76. CHETLATISH! “Buxoro“. Asadbek Jo'raboev tirsagi bilan Xadjievga zarba berib yuborgani uchun

75. O'zgarish. “Mashal“. Abduraimov o'rniga Ayagva tushdi

74. Zarba! Rodichning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi, “Buxoro“da burchak to'pi

72. O'zgarish. “Buxoro“. Kacharava o'rniga Jo'raboev tushdi

71. ZARBA! Todorovning uzatmasidan keyin Mamasidiqov zarba berdi, To'xtaboev o'z o'rnida

70. “Buxoro“ hujumchisi Kacharava jarohat olib maydonni tark etdi

67. O'zgarish. “Buxoro“. Ubaydullaev o'rniga Esanov tushdi

67. CHETLATISH! Abubakar maydonni tark etdi. VAR orqali sariq kartochka bekor qilindi va qizil berildi

64. VAR Abubakar va Xayrullaev to'qnashuvini ko'rib chiqmoqda,

62. Ogohlantirish. “Mashal“. Abubakar

57. UXXX! Akramovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Hamroev qaytardi, qaytgan to'pni Muzaffarov darvozaga yo'lladi, noaniq

53. Zarba! Ro'zievning zarbasi noaniq ketdi

52. ZARBAAAAAA! Chidi Kvemning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan keyin Hamroev to'pni qaytardi!

50. UXXX! Kacharavaning uzatmasini Rodich darvozaga yo'llay olmadi

47. ZARBA! Murtozaevning zarbasi noaniq chiqdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. “Mashal“. Aliqulov o'rniga Muzaffarov tushdi

46. O'zgarish. “Buxoro“. Begich o'rniga Mamasidiqov tushdi

45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

42. UXXXX! Rodichning uzatmasidan keyin Kacharava boshi bilan zarba berdi, To'xtaboevdan yaxshi seyv!

41. ZARBAAAAA! Kacharavaning jarima maydoni ichidan tepgan zarbasi noaniq ketdi!

37. ZARBAAA! Ubaydullaevning jarimadan tepgan zarbasi noaniq chiqdi

35. UXXX! Aliqulov hozir jarima maydoni yonida Kacharavani yiqitdi, xavfli vaziyat!

30. “Mashal“ bugun oldingi o'yinlarga qaraganda ko'proq hujum qilmoqda

24. “Mashal“ burchak to'piga ega bo'ldi, Aliqulovning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

_DSC6634.jpg

23. UXXX! “Buxoro“ning qarshi hujumi, To'xtaboev jarima maydonini tark etib to'pni qaytardi, Rodichning uzatmasini himoyachi qaytardi!

20. Chap qanotdan Rodich uzatgan to'pni To'xtaboev egallab oldi.

5. Bugun Aleksandr Xomyakov sobiq klubi va sobiq hamkasbi Ildar Sakaevga qarshi o'ynaydi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- O'yin soat 19:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia