

Bugun “Bunyodkor” stadioniga 10 mingga yaqin qashqadaryoliklar tashrif buyurishi mumkin
O'tgan yilning 24 may sanasida mazkur jamoalar o'zaro to'qnash kelgan bo'lib, unda stadionga 11 ming ishqiboz tashrif buyurgan va bellashuv “Nasafning” 4:1 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakuniga etgandi. Uchrashuv davomida stadionning 90 foizi qarshiliklarga muxlislik qilgan.
Bugun ham Qarshi jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Toshkentda istiqomat qilayotgan yoki xizmat safari bilan bo'lib turgan 10 mingga yaqin qashqadaryoliklar “Bunyodkor”ga yetib kelishi kutilmoqda. Muxlislar soni bundan ham ko'proq bo'lishi mumkin.
O'z navbatida, "qaldirg'ochlar" muxlislari ham o'z sevimlilarini yolg'izlatib qo'yishmaydi degan umiddamiz.



