Superliga. Bugun 9-turning oxirgi uchta o'yini o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
19 may 2019, 11:53
Bugun Superliganing 9-turidan o'rin olgan so'nggi uchta o'yin bo'lib o'tadi.


AGMK - SO'G'DIYONA
Musobaqa jadvalida yonma-yon ketayotgan jamoalar o'rtasidagi bahs. Mirjalol Qosimov o'zining sobiq shogirdi Ulug'bek Baqoevga qarshi.

Jizzax klubi bu mavsum safardagi 3ta o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi. Bu yilgi chempionatda umuman durang o'ynamagan yagona klub - "So'g'diyona".

Bu klublar O'zbekiston chempionatida 20 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Kichik ustunlik olmaliqliklar tomonida - 8 g'alaba va 7 mag'lubiyat. Qolgan beshta o'yinda esa tomonlar durang o'ynashgan.

AGMK o'z maydonida ushbu klubga faqat bir marta mag'lub bo'lgan (2016 yil).



NAVBAHOR - METALLURG
O'tgan tur chempionat yetakchilari bilan durang o'ynagan klublar o'rtasidagi bahs. "Metallurg" safarda 4ta o'yin o'tkazib umuman g'alabaga erisha olmadi (1 durang va 3 mag'lubiyat).

Bu klublar O'zbekiston chempionatida shu kunga qadar 44ta o'yin o'tkazishgan. 20 marta "lochinlar" 3 ochkoga ega chiqishgan. 12ta o'yinda "Metallurg" g'olib bo'lgan va 12ta uchrashuvda durang kuzatilgan.

"Navbahor" maydonida o'tgan 22ta uchrashuvning faqat bittasida "Metallurg" g'olib bo'lgan (2016 yil).

Bu mavsum "Navbahor"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 5ta o'yinga etdi. "Metallurg" esa ikki turdan buyon g'alaba qozona olmayapti.




BUXORO - DINAMO
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachilari Baxtiyor Ashurmatov va Davron Fayziev o'rtasidagi to'qnashuv.

"Dinamo" so'nggi uchta turda mag'lub bo'lgani yo'q (1 g'alaba, 2 durang). "Buxoro" esa aksincha 4ta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti.

"Buxoro" va "Dinamo" shu kunga qadar 44 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Shundan 20tasida "Buxoro" g'olib bo'lgan, 16 marta Samarqand klubi 3 ochkoni qo'lga kiritgan. Qolgan 8ta uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan.

O'zaro o'yinlarning so'nggi 8tasida "Buxoro" bu raqibni mag'lub eta olmagan. So'nggi bor buxoroliklar 2013 yilgi mavsumda "Dinamo"ni taslim qilishgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia