Superliga. Barcha davrlarning eng yaxshi to'purari kim? Cheran 10-o'ringa ko'tarilib oldi
Khoja
8 okt 2024, 08:35
"Paxtakor" klubi hujumchisi Dragan Cheran qatorasiga besh mavsumdan buyon to'purar bo'lib kelayotganidan xabaringiz bor.
Ayni vaqtga kelib, serbiyalik futbolchining Superligadagi gollari soni 142 taga etdi va chempionat tarixidagi gollar soni bo'yicha Rustam Do'rmonovni ortda qoldirib, 10-o'ringa ko'tarilib oldi.