

"Lokomotiv" klubi ketma-ket uchinchi yil O'zbekistonda tengsiz bo'ldi. "Neftchi" esa quyi ligaga tushib ketdi. Biz o'quvchilarimiz e'tiboriga yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

Bu mavsumda 192ta o'yin o'tkazildi. Darvozalarga 449ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,34tadan to'p to'g'ri keladi).
Lokomotiv o'z maydonda mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'ldi. Neftchi safarda faqat bir marta g'alabaga erishdi.
Navbahor o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 8ta. Nasaf, Buxoro va Neftchi esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 20ta.
Lokomotiv va Qo'qon-1912 safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 15tadan to'p o'tkazib yuborgan. Buxoro safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 32ta to'p olib chiqqan.
Lokomotiv o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 32ta. Neftchi o'z uyida eng kam, 13ta gol urgan.
Paxtakor safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 30ta. Neftchi safar uchrashuvlarida ham eng kam to'p kiritgan – 8ta.
Paxtakor o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 39ta. Neftchi o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 16ta.
Safar uchrashuvlarida temiryo'lchilar eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 30ta. Buxoro safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 9ta.
Superligada urilgan 449ta goldan 264tasi (58,8%) mezbonlar, 185 (41,2%) mehmonlar hisobiga yozildi.

Bo'lib o'tgan 192 uchrashuvning 96tasida (50%) maydon egalari, 52tasida (27,08%) mehmonlar zafar quchishgan. 44 o'yinda (22,92%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.
Mavsum davomida futbolchilar jami 727 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,79tadan kartochka to'g'ri keladi). 32 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,17tadan chetlatish to'g'ri keladi).
Uchrashuv hakamlari 60 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 50 holatda (83,33%) to'p darvozaga kiritildi. 10 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.
Chempionatda 11ta avtogol qayd etildi. Akmal Xolmurodov (So'g'diyona), Tomislav Payovich (Navbahor), Abdujamol Isroilov (Neftchi), Aleksandr Merzlyakov (Qo'qon-1912), Asilbek Omonov (Buxoro), Nemanya Yovanovich (Qizilqum), Igor Golban (Nasaf), G'iyosjon Komilov (Qo'qon-1912), Kaxi Maxardze (Lokomotiv), Marko Milich (Qo'qon-1912) va Salamat Qutiboev (Buxoro) o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi.
Dastlabki bosqichda 24ta dubl qayd etildi. 15 futbolchi bir uchrashuvda ikki marta gol urishdi. Ismoil Gonsalvesh (Paxtakor) 4 marta, Shahzodbek Nurmatov (Bunyodkor), Murod Xolmuhammedov (Qo'qon-1912), Sardor Rashidov (Lokomotiv), Marat Bikmaev (Lokomotiv), Yovan Jokich (AGMK) va Bobur Abduxoliqov (Nasaf) 2 martadan dublga erishishdi.
Igor Sergeev (Paxtakor), Darko Gojkovich (Qo'qon-1912), Artur Gevorkyan (Qizilqum), Temurxo'ja Abduxoliqov (Lokomotiv), Javlon Ibrohimov (Bunyodkor), Islombek Isoqjonov (Metallurg), Arslonmurod Omonov (Buxoro), Filip Rayevac (Bunyodkor) va esa bunday natijaga bir marta erishishdi.
Besh futbolchi bir uchrashuvda uch marta gol urishgan. Elguja Grigalashvili (Qizilqum), Azamat Allaniyozov (Navbahor), Marat Bikmaev (Lokomotiv), Ismoil Gonsalvesh (Paxtakor) va Tiago Bezerra (Paxtakor) bu mavsumda xet-trik qayd etishdi.

Bellashuvlarini jami 1545623 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 8050 to'g'ri keladi).
Eng ko'p tomoshabin Navbahor – Lokomotv uchrashuviga tashrif buyurdi – 25300. Eng kam tomoshabin esa Bunyodkor – So'g'diyona uchrashuviga tashrif buyurgan – 527 nafar.
Muxlislar to'plash borasida Navbahor jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 368375. Paxtakor 345819 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Buxoro esa 329846 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. So'g'diyona o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 190242.
Navbhor jamoasi o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan – 247117. Lokomotiv bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 68231.
Safar o'yinlarida Lokomotiv jamoasining (183240) muxlisi ko'p. Safarda Qizilqumning muxlislari eng oz – 96472.
Birinchi bosqichdagi 192 uchrashuvidan 24tasida yirik hisob qayd etildi. Paxtakor eng ko'p 7ta yirik hisobdagi g'alabaga erishdi. Chempionatning eng yirik hisobi Metallurg – Paxtakor (hisob – 0:5, 7-tur) uchrashuvida qayd etildi.
Bo'lib o'tgan 192 uchrashuv 15 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 46 marta, 2:1 – 31 marta, 2:0 – 25 marta, 1:1 – 18 marta, 3:0 – 17 marta, 0:0 va 3:1 – 16 martadan, 2:2 – 9 marta, 3:2 – 4 marta, 4:0 – 3 marta, 4:1 va 4:2 – 2 martadan, 5:0, 3:3 va 6:2 – 1 martadan uchradi.

Superliga-2018 seriyalari
Jamoalar
G'alabali seriya – Lokomotiv - 7 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – Lokomotiv - 19 uchrashuv
Durangli seriya – Qo'qon-1912 - 4 uchrashuv
Durangsiz seriya – Buxoro - 15 uchrashuv
G'alabasiz seriya – Neftchi - 19 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – Buxoro - 6 uchrashuv
Golli seriya – Lokomotiv - 14 uchrashuv
Golsiz seriya – Neftchi va Buxoro - 4 uchrashuv
Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – Bunyodkor, Qo'qon-1912 va Neftchi - 9 uchrashuv
Quruq seriya – Navbahor - 5 uchrashuv
Yirik g'alabali seriya - Navbahor - 2 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatli seriya – Nasaf va Buxoro - 2 uchrashuv
Yirik g'alabasiz seriya – Neftchi va Metallurg - 32 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – Paxtakor va Lokomotiv - 32 uchrashuv
Chetlatishli seriya - Lokomotiv - 3 uchrashuv
Chetlatishsiz seriya – Paxtakor - 32 uchrashuv
Futbolchilar
Golli seriya – Tiago Bezerra (Paxtakor) va Bobur Abduxoliqov (Nasaf) 4 uchrashuv 6ta gol
Quruq seriya (darvozabon) – Botirali Ergashev (Navbahor) 4 uchrashuv 495 daqiqa.

Superliga-2018. Eng, eng, eng …
– eng ko'p g'alabaga erishgan jamoa: Paxtakor va Lokomotiv 20ta.
– eng kam g'alabaga erishgan jamoa: Neftchi 5ta.
– eng ko'p durangga erishgan jamoalar: Neftchi va Nasaf 11ta.
– eng kam durangga erishgan jamoalar: Buxoro 2ta.
– eng kam mag'lub bo'lgan jamoa: Lokomotiv 4ta.
– eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoa: Buxoro 19ta.
– eng ko'p to'p kiritgan jamoa: Paxtakor 61ta.
– eng kam to'p kiritgan jamoa: Neftchi 21ta.
– eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa: Buxoro 52ta.
– eng kam to'p o'tkazib yuborgan jamoa: Paxtakor 25ta.
– eng ko'p yirik g'alabaga erishgan jamoa: Paxtakor 7ta.
– eng kam g'alabaga erishgan jamoa: Metallurg va Neftchi - 0.
– eng kam yirik mag'lubiyatga uchragan jamoa: Paxtakor va Lokomotiv - 0.
– eng ko'p yirik mag'lubiyatga uchragan jamoa: Qizilqum, Buxoro, va Metallurg 4ta.

– maydonga tushgan eng yosh futbolchi: Jasur Jaloliddinov (Bunyodkor, 16 yosh 80 kunligida)
– maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar Berdiev (Neftchi, 40 yosh 202 kunligida)
– gol urgan eng yosh futbolchi: Avazbek O'lmasaliev (Neftchi) 18 yosh 178 kunligida)
– gol urgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar Berdiev (Neftchi, 40 yosh 32 kunligida)
– sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi: Oston O'runov (Navbahor) 17 yosh 121 kunligida)
– sariq kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar G'ofurov (Bunyodkor, 36 yosh 95 kunligida)
– qizil kartochka olgan eng yosh futbolchi: Abror Ismoilov (Neftchi) 20 yosh 122 kunligida)
– qizil kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Erkin Boydullaev (Qizilqum, 33 yosh 233 kunligida)
– o'yinchilarining o'rtacha yoshi eng kichik bo'lgan jamoa: Nasaf (23,8 yosh)
– o'yinchilarining o'rtacha yoshi eng katta bo'lgan jamoa: Qizilqum (29,3 yosh)
– eng ko'p to'p kiritgan futbolchi: Tiago Bezerra (Paxtakor) - 17ta gol.

– bitta o'yinda eng ko'p to'p kiritgan futbolchilar: Elguja Grigalashvili (Qizilqum), Azamat Allaniyozov (Navbahor), Marat Bikmaev (Lokomotiv), Ismoil Gonsalvesh (Paxtakor) va Tiago Bezerra (Paxtakor) - 3tadan gol.
– maydonda eng ko'p harakat qilgan futbolchilar: O'tkir Yusupov (Qo'qon-1912) – 32 o'yin 2880 daqiqa (barcha o'yinlarda o'zgarishsiz).
– eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchi: Jahongir Mehmonov (Navbahor) va Shukurali Po'latov (Neftchi) – 12ta.
– eng ko'p qizil kartochka olgan futbolchilar: Murod Xolmuhammedov (Qo'qon-1912) va Muzaffar Muzaffarov (AGMK) – 2ta.
– eng ko'p kartochka olgan jamoa: Buxoro – 90ta (86ta sariq va 4ta qizil kartochka).
– eng kam kartochka olgan jamoa: Nasaf – 41ta (39ta sariq va 2ta qizil kartochka).
– eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa: Buxoro – 86ta.
– eng kam sariq kartochka olgan jamoa: Nasaf – 39ta
– eng ko'p qizil kartochka olgan jamoa: AGMK – 6ta
– eng kam qizil kartochka olgan jamoa: Paxtakor – 0ta.
– eng ko'p penalti tepgan jamoa: Paxtakor - 13ta.
– eng kam penalti tepgan jamoa: Neftchi - 1ta.
– darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan jamoa: Bunyodkor - 8ta.
– darvozasiga eng kam penalti belgilangan jamoa: Qo'qon-1912 - 2ta.
– eng ko'p penalti tepgan futbolchi: Ismoil Gonsalvesh (Paxtakor) - 10tadan.
– eng ko'p penaltidan gol urgan futbolchilar: Murod Xolmuhammedov (Qo'qon-1912) va Ismoil Gonsalvesh (Paxtakor) - 9tadan.

– eng ko'p “quruq” uchrashuv o'tkazgan darvozabon: Eldorbek Suyunov (Paxtakor) 14ta.
– eng ko'p qayd etilgan hisob: 1:0 (46 marta).
– eng yirik hisob: Metallurg – Paxtakor 0:5
– eng ko'p gol kiritilgan daqiqalar oralig'i: 85-90 (56ta gol).
– eng kam gol kiritilgan daqiqalar oralig'i: 10-15 (11ta gol).
– eng tezkor gol mualliflari: Jaloliddin Masharipov (Paxtakor), Suhrob Nurlloev (Metallurg) va Muzaffar Muzaffarov (AGMK) – 2-daqiqada.
– eng kech gol muallifi: Slavko Lukich (Nasaf), Izzat Abdullaev (So'g'diyona), Boburbek Yo'ldoshev (Neftchi), Tiago Bezerra (Paxtakor), Jamshid Iskanderov (Paxtakor), Shahzod Shaymanov (Metallurg) – 90+4-daqiqa.
Narzulla Saydullaev tayyorladi



