Superkubok oldidan. Shuhrat Rahmonqulov: "Superkubokni ham "Bunyodkor" yutsa kerak"

Narzulla Saydullayev
7 mar 2014, 14:15
1999 yili ilk bor o'tkazilgan Superkubok ishtirokchisi va uning sohibi Shuhrat Rahmonqulov bilan ham ham bog'lanib bugungi o'yin oldi haqida fikrlarini so'radik.
- Biz o'ynagan paytda superkubokga bo'lgan qiziqish yuqori bo'lmagandi. Hozir esa e'tibor oshgan. Misol uchun ilk superkubok bahsida g'olib bo'lgan jamoaga faqat Kubok berilgandi. Bugungi o'yinda yutgan klubga esa Kubokdan tashqari 50 million so'm pul mukofoti ham beriladi. 1999 yili “Paxtakor” tarkibi ham kuchli ko'rinishda edi. Lekin shunga qaramay biz yirik hisobda g'alaba qozonganmiz. Mazkur uchrashuvning Farg'onada o'tkazilgani ham har xolda bizga qo'l kelgandi.

- Bugungi bo'lajak uchrashuvda "Bunyodkor"ning imkoniyati yuqori deyish mumkin. Shuning uchun superkubokni ham "qaldirg'ochlar" qo'lga kiritsa kerak. Hammasini o'yin ko'rsatadi. Bemalol aytish kerakki bugungi o'yin qiziqarli va tomoshabop ruhda o'tadi. Har ikkala jamoa safida ham yetakchi o'yinchilar talaygina.

Islombek Rustambekov yozib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia