"Suonsi" Sanshesh ijarasi uchun "Bavariya"ga qancha to'lagan?

Aslanov Jasurbek
1 dek 2017, 12:17
"Suonsi Siti" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh ijarasi uchun qancha to'lagani ma'lum bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, ingliz klubi Sanshesh uchun myunxenliklar hisobiga 7 mln. funt o'tkazib bergan. 20 yoshli futbolchining maoshini ham "oqqushlar" to'laydi. Sanshesh "Suonsi Siti"da haftasiga 50 ming funt ishlab topadi.

Bundan tashqari, shartnomaga ko'ra "Suonsi" Sansheshni muddatidan avval nemis klubiga qaytara olmaydi. Ijara kelishuvi joriy mavsumning oxirigacha belgilangan.

Joriy mavsum portugaliyalik APLning 8ta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports