"Summer Cup" musobaqasida 1-tur uchrashuvlari o'tkazildi

Xayrulla Xoliqov
5 iyun 2018, 17:57
Faqat xabar va yangiliklar berish bilan cheklanib qolmay bolalar o'rtasida turli musobaqalarni o'tkazishda bosh-qosh bo'lib kelgan "Championat.asia" sayti yana bir turnir tashkil etdi.

2006-2007 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqada jami 16ta jamoa ishtirok etyapti. "Bunyodkor" stadioni hududidagi maydonda bo'lib o'tayotgan turnirda bugun 1-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Mazkur musobaqa O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Toshkent shahar futbol federatsiyasi hamda "Odil Junior" bolalar futbol klubi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo'lib, "Summer Cup" nomi berilgan.

2006 yil.
"A" guruhi. 1-tur. 5 iyun
Bunyodkor - Spartak 1:0
Chig'atoy - BO'SM-16 0:1

"B" guruhi. 1-tur. 5 iyun
Odil Junior - Lokomotiv 1:3
Paxtakor - BO'SM-30 1:0

2007 yil
"A" guruhi. 1-tur. 5 iyun
Bunyodkor - Spartak 2:3
Chelano - ROZSK 5:0

"B" guruhi. 1-tur. 5 iyun
Odil Junior - Lokomotiv 0:1
Eden Sport - Qorasaroy BO'SM 4:1

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia