Sulsher: "Umid qilamanki, futbolchilar o'tgan o'yindan keyin yaxshi uxlashgan"

Mirjalol Normatov
28 dek 2019, 21:17
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Bernli"ga qarshi uchrashuvdan oldingi fikrlarini bildirdi.

2 kun oldin "Nyukasl"ni yirik hisobda tor-mor etgan mankunianliklar bugun ham uchrashuvda qatnashadi.

"Ikki o'yinning orasida bir kun bor. Umid qilamanki, "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvdan keyin futbolchilar miriqib uxlashgan. Bir kun ichida esa biz barchasiga ulgurishimi kerak: mashg'ulot, yana bir qancha qo'shimcha mashqlar, tiklanish va reabilitaciya.

"Nyukasl"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limidayoq uch gol urishni uddaladik. O'sha paytgacha ko'p kuch yo'qotdik. Futbolchilarga esa bir kunlik dam berish adolatsizlik deb hisoblayman", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd