Sulsher tanqidchilarga qarata: "Shu zayilda davom eting"

Aslanov Jasurbek
1 noya 2021
Murabbiy tanqidlar unga yoqishini ta'kidladi.

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Atalanta"ga qarshi CHL doirasidagi o'yin oldidan fikralari bilan o'rtoqlashdi.

"Tanqidlar o'zingizga bo'lgan ishonchga putur etkazishi ham mumkin. Buning aksi bo'lishi ham ehtimoldan holi emas. Menga tanqidlar yoqadi. Shu zayilda davom eting. Hammamizning ishimiz har xil. Sobiq futbolchilar yoki ekspertlar o'z fikrlarini aytishmoqda. Men hamma bilan tortishib o'tira olmayman.

"Tottenxem" bilan o'yinda barchasiga juda jiddiy yondashdik. Maydonga tusha olmayotganlarning barchasi bundan hafa. Jamoa esa istalgan futbolchidan ustunroq. Hozir esa barcha e'tibor "Atalanta" bilan o'yinga qaratilgan. Stabil o'yinni tiklashimiz uchun, ertaga g'alaba qozonishimiz kerak", -deydi Ole-Gunnar Sulsher. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports