Sulsher: “Quruq” o'yinlarning ko'pligi MYUda rivojlanish borligini ko'rsatadi”

9 mar 2020, 08:02
MYU bosh murabbiyi “Man Siti” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Quruq” o'yinlarning ko'pligi MYUda rivojlanish borligini ko'rsatadi. Yanada yaxshi bo'lib boryapmiz. Uilyams hamda Uan-Bissaka bilan qanotlarda biz tajovuzkor ko'rinyapmiz. “Siti” to'p bilan yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo biz ularni qo'rqishga majbur qila oldik. Yaxshiroq bo'lib borayotganimizni his qilmoqdamiz. Ammo shunda bo'lsa-da, jamoa hamon 5-o'rinda. “Chelsi” va “Lester”ga yetib olish uchun bizga ochkolar kerak. To'xtab qolmaslik shart”, - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport