Sulsher: "MYUning har bir futbolchisiga imkon beriladi"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2018, 14:10
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimini vaqtincha bajaruvchi Ule-Gunnar Sulsher jamoaning barcha futbolchilariga imkoniyat bermoqchi ekanligini aytdi.

"Oldin sodir bo'lgan hamma narsa ortda qoldi. Endi kelajakda sodir bo'ladigani muhim. O'yinchilar hammasini yangidan boshlashadi va jamoaning har bir futbolchisiga imkon beramiz.

Qo'l ostimda 23 yoki 24 nafar futbolchi bor. Ularning barchasi sifatli o'yinchilar. O'yinlar soni ko'pligi tufayli futbolchilarning bari o'zini ko'rsatishi mumkin" - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian