

"Qiyin qur'alar ananasi davom etadi. Bu qarama-qarshilik Chempionlar ligasi muhitini beradi, bu yaxshi.
O'ylaymanki, jamoamiz bunday o'yinlarga jiddiy yondoshishi lozim. "Milan" ayni paytda kuchaygan va ular ushbu mavsumda yaxshi o'yin namoyish etishmoqda.
Ibragimovichning qilayotgan ishlari aqlga sig'maydi. Uni bu yerda o'ynaganini, og'ir jarohat olganini eslaymiz. U qaytdi va ajoyib o'yin ko'rsatib, "Milan"ni turnir jadvali yuqorisiga olib chiqdi", - dedi Sulsher.



