Sulsher "Manchester Yunayted"dagi vaziyat haqida to'xtaldi

Sherzod Nurmatov
19 okt 2021, 20:41
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher klubdagi holat haqida gapirdi.

"Albatta, jamoadagi vaziyat quvonchli va quvnoq emas. Biz diqqatimizni jamlab olganmiz va qatiyatlimiz. O'tkazib yuborilgan 4 ta gol ko'zimizni ochdi.

Yillar davomida oldinga qadam tashladik: uchinchi pog'ona, ikkinchi o'rin, taraqqiy etayotganimiz ko'rinib turibdi. Bu mavsumda umidli futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Biz top-klublar bilan bir qayiqdamiz. Albatta, men bosimni his qilyaman.

Karragerning so'zlari menga ta’sir qilmaydi. Men o'zimga ishonaman", – dedi Sulsher.

MYU 8 turdan so'ng APLda oltinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports