Rasman: Sulsher endi vaqtinchalik bosh murabbiy emas

Aslanov Jasurbek
28 mar 2019, 14:16
"Manchester Yunayted" rasmiy sayti mutaxassis Ule-Gunnar Sulsher klubning to'laqonli bosh murabbiyiga aylanganini e'lon qildi.

Norvegiyalik murabbiy va "qizil iblislar" o'rtasida tuzilgan bitim 3 yilga mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, norvegiyalik mutaxassis o'tgan yilning dekabr oyida "Manchester Yunayted"ni vaqtincha boshqaruvchi murabbiy sifatida e'lon qilingan edi. Sulsher o'sha paytda Joze Mourinyu o'rnini egallagan.

"Manchester Yunayted" Sulsher qo'l ostida Angliya chempionatida 13ta uchrashuv o'tkazib, ularning 10tasida g'alabaga erishdi. Qolgan bahslarning 2tasi durang, bittasi mag'lubiyat bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com