Sulsher ehtimoliy iste'fosi haqida: “Buni izohlashdan bosh tortaman”

Eldor Akmurzayev
5 noya 2020, 20:25
Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida o'tgan “Istanbul” – MYU (2:1) bahsidagi omadsizlikdan so'ng, Ole-Gunnar Sulshyerdan iste'foga chiqishi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

“Bu kabi xabarlarga izoh berishdan bosh tortaman. Albatta, hozir bunga erta. Fikrlar esa doimo bo'lgan, bo'ladi va shunday davom etadi.

Kuchli bo'lib qolish kerak. Klub ishimni bajarish uchun meni yolladi va yordamchilarim bilan bor kuchimni ishga solmoqdaman”, deydi Sulsher.

Avvalroq, MYU Maurisio Pochettinoga klubni boshqarish bo'yicha murojaat qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN