Sulsher: "Bizni qiyin oy kutib turibdi, ammo MYU tayyor"

Aslanov Jasurbek
2 fev 2019, 10:32
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klubni fevralda kutib turgan bahslar haqida fikr bildirdi.

"Qizil iblislar" bu oyda PSJ, "Liverpul" va "Chelsi" bilan o'ynaydi.

"Jamoa yaxshi tayyorlangan, biz olti haftadan beri birgamiz, MYUning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilaman. "Byornli"ga qarshi bahsdagi kambek "Yunayted" yangi darajaga chiqishiga yordam beradi, chunki biz kuchli to'rtlikka kirish imkoniyatini muddatidan oldin qo'lga kiritdik. Bizni qiyin oy kutib turibdi, ammo tayyormiz, jamoamiz katta, faqat Markos Roxo safdan chiqqan" - deydi Sulsher.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal