Sulsher: "Barchasi yaxshi ketyapti"

Mirjalol Normatov
5 iyul 2020, 10:58
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoasining 33-tur doirasida "Bornmut"ga qarshi o'yindagi yirik hisobdagi g'alabasi haqida gapirdi.

"Bugungi o'yindan juda ham mamnunman: faol o'ynadik, ko'plab gollar urdik. Bu o'yin muxlislar uchun ataldi. "Stretford End" muxlislariga bu yoqqan bo'lardi.

Hujumchilarimiz umumiy maqsad sari bir yo'lda oldinga intilmoqda. Ular bir-biriga yordam beradi va gollar urish uchun harakat qiladi", - dedi Sulsher.

33 turdan keyin MYU 55 ochko jamg'argan holda "Chelsi"dan 2 ochko ortda qolib, 5-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal