Sulsher APL jamoasida ish boshlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
16 dek 2024, 14:41
"Vulverxempton" kuni kecha Angliya Premer-ligasining 16-turida "Ipsvich"ga qarshi o'yinda (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Gari O'Nilni iste'foga chiqarishga qaror qildi.

Qayd etilishicha, angliyalik mutaxassis o'rniga "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher asosiy nomzod bo'lib turibdi. "Qizil iblislar" sobiq ustozi "Vulverxempton"ning "Ipsvich" bilan o'yinini ko'rish uchun kelgan.

Ammo, takidlanishicha, Sulsher ushbu o'yinga o'zi bilan do'stona munosabatda bo'lgan "Ipsvich" bosh murabbiyi Kiran Makkenna bilan uchrashish uchun kelgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail