Suhrob Sultonov: "1 ochko Afrikada ham qiymatli..."

Administrator
17 avg 2022
Coca Cola Superliga 16-turi doirasidagi Toshkent derbisida durang natija qayd etildi.

O'yindan keyin mavsumdagi 2-penaltisini qaytarib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Suhrob Sultonov bilan suhbatlashdik. "Bunyodkor" posboni dastlab derbi haqidagi savolimizga javob qaytardi: 

- O'yin oson o'tmasligi aniq edi. "Lokomotivga" ham, bizga ham 3 ochko kerak. Shunday bo'ldi ham. Dastlab, 1 kishi kam bo'lib qoldik. Keyin bizning darvozamizga penalti qo'yildi. Urgan gollarimiz inobatga olinmadi...

- Hakamlik bo'yicha etiroz bildirmoqchimisiz?

- Yo'q, boshqacha tushundingiz. Men hakamlar haqida hech qachon gapirmaganman, gapirmayman ham. Askerni yaxshi taniyman. Agar iqtidori bo'lmasa, qo'liga hushtak olmasdi. 

- Durang sizni qoniqtirdimi?

- Alhamdulillah! Yigitlar mehnat qilishdi, ular uchun xursandman. 1 ochko, Afrikada ham ochko. Bugun menga ham imkon berildi. O'zim uchun ham xursand bo'ldim.

- Oldingi bahslarda zaxirada qolganingiz haqida so'ramoqchi edi. Bu yil "Bunyodkor" siz maydonga tushmagan 5 bahsda 1 ochko oldi. Shunga qaramay, zaxirada qolishingiz nima bilan bog'liq?

- Bu menga bog'liq emas. Taqdir shunaqa, kecha emas, bugun o'ynashim kerak ekan. Sira ham nolimayman. 

- Demak, oldingi o'yinlarda jismoniy holatingiz bilan bog'liq muammo bo'lmagan?

- Yo'q. Barcha o'yinlarga maksimum tayyorlanyapman. Maydonga tushish-tusmasligimni murabbiy hal qiladi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia