Sud Levandovski ishi bo'yicha qarorni o'z kuchida qoldirdi

Aziz Tukhtamuradov
5 yanv 2023, 07:38
Ispaniya sport sudi "Barselona" futbolchisi Robert Levandovski borasidagi qarorni o'zgartirmaydi.

Tashkilot polshalik hujumchini uchta o'yinga diskvalifikaciya qilgandi. 

U "Osasuna"ga qarshi LaLiga o'yinida chetlatilgan edi, keyinroq uning hakamga bo'lgan harakatlari tufayli 3 o'yinlik diskvalifikaciya tayinlangandi.

Shu tariqa, Levandovski LaLiga doirasida "Atletiko" (8 yanvar), "Xetafe" (22 yanvar) va "Jirona"ga (29 yanvar) qarshi bahslarda ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC