Suares: "Natija qoniqtirmadi, ammo "Liverpul" yomon o'ynamadi"
Tolibjon Qosimov
26 sen 2013, 13:31
"Liverpul" hujumchisi Luis Suares Angliya liga kubogi 1/16 finali doirasidagi "Manchester Yunayted"dan uchralgan (0:1) mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Meni vazifam "Liverpul"ga yordam berish, bor kuchim bilan harakat qilaman. Albatta, natija qoniqarsiz, lekin biz yomon o'ynamadik. Vaziyatlar yaratdik, biroq gol o'tkazib yubordik. Keyingi o'yinga tayyorlanamiz", - deydi Suares britan matbuotiga.