Suares: "Liverpul" darvozasiga urgan golimni nishonlamayman"

Aslanov Jasurbek
7 may 2019, 11:20
"Barelona" hujumchisi Luis Suares "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan "Enfild"dagi o'yinda gol ursa, uni nishonlamasligini aytdi.

"Futbolni tushunadiganlar Chempionlar ligasi yarim finali ahamiyatini yaxshi bilishadi. "Liverpul" muxlislarini hurmat qilaman. Ulardan minnatdorman va darvozani ishg'ol qilsam "Ayaks" safida "Groningen"ga urgan golimni nishonlamaganim kabi harakat qilaman.

Hammasi uchun "Liverpul"dan minnatdorman. Aynan shu klub tufayli "Barselona" futbolchisiga aylandim" - deydi Suares.

"Liverpul" hamda "Barselona" o'rtasidagi o'yin bugun, 7 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es