Suares jamoani tark etdi

Mirjalol Normatov
1 may 2019, 22:41
Yarim himoyachi Denis Suares "Arsenal"dan "Barselona"ga qaytdi.

Bu haqda "The Sun" nashri xabar bermoqda. London jamoasi 25 yoshli futbolchini yanvar oyida ijaraga olgandi. U "Arsenal" tarkibida 6 o'yinda qatnashdi.

Londonliklar ushbu ijara uchun Kataloniya klubiga 3 millionga yaqin pul o'tkazib bergan.

Undan tashqari, Suares Yevropa ligasida BATEga qarshi o'yinda jarohatlanib, mavsum yakuniga qadar safdan chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun