Suares: "FIFA doimo Urugvayga qarshi bo'lib kelgan"

Mirjalol Normatov
3 dek 2022, 21:12
Urugvay termasi futbolchisi Luis Suares termasi bilan bog'liq vaziyatda FIFAni aybladi.

"Portugaliya bilan o'yinda Ximenes bilan bog'liq penalti bizning zararimizga ishladi. Chunki yakunda birgina gol faktori bizni guruhda qoldirib ketdi. Nunes bilan bog'liq holat ham shunga o'xshash edi.

FIFA va hakamlar qo'mitasi o'ylab topilayotgan penaltilarga izoh berishi kerak. Ganaga qarshi o'yinda ikkita penaltimizni o'g'irlashdi. Umuman olganda bu bahona ham emas.

Undan tashqari, o'yindan keyin bolalarimning yoniga bormoqchi edim, tashkilotchilar bunga yo'l qo'yishmadi. Boshqa termalar esa xotirjamlik bilan oilasi a'zolari oldiga borishmoqda. Menimcha, Urugvayga biroz e'tibor kerak. FIFA doimo Urugvayga qarshi bo'lib kelgan", - dedi Suares.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal