"Stok Siti" "Manchester Siti"ga taklif yubordi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2017, 10:29
"Manchester Siti" himoyachisi Elyakim Mangala faoliyatini "Stok Siti"da davom ettirishi mumkin.

"Kulollar" 26 yoshli fransiyalik borasida "shaharliklar"ga taklif yuborishga ulgurishdi.

Mangalaga "Inter" ham da'vogarlik qilmoqda, biroq nerazzurlar himoyachini ijaraga olmoqchi. "Manchester Siti" futbolchini sotib yubormoqchi.

So'nggi mavsum 26 yoshli Mangala ijara asosida "Valensiya" sharafini himoya qildi. U Ispaniya chempionatining 30 ta uchrashuvida 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com