
Xabarlarga ko'ra, ingliz klubi bu futbolchini qishki transfer paytida o'z jamoasiga qo'shib olmoqchi. Serxi Roberto ko'k-anorranglilar safida xar doim ham o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani yo'q. Shu sababli uning Premer-ligaga ko'chib o'tishi futbolchining o'zi va bosh murabbiy Luis Enrike uchun ham ayni muddao bo'lar edi.
Serxi Roberto bu mavsumda Ispaniya chempionatida 5 marta maydonga tushdi, ammo bu o'yinlarning bor-yo'g'i bittasida uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan.