Stiven Jerrard: "Runi va Starridj JCH-2014 saralashining qolgan o'yinlarida yordam berishadi"

Tolibjon Qosimov
12 sen 2013, 15:04
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Stiven Jerrard jamoaning hujumchilari Ueyn Runi va Deniel Starridj, JCH-2014 saralashining so'nggi o'yinlariga qadar safga qaytishlariga umid qilmoqda.

"Runi va Starridj sog' bo'lishsa bu jamoa uchun juda muhim o'yinchilar.

Daniel fantastik formaga kirib olgandi, ammo jarohat uni safdan chiqardi.

Jahon chempionati saralashining qolgan o'yinlarida bu ikki o'yinchi bizga katta yordam berishadi.

Ukrainaga qarshi o'yinda bizga hujumdagi harakatlar yetishmadi, bir qator yetakchilarimiz o'ynamaganini inobatga olsak bu normal holat", – deydi Jerrard.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru