Stiv Mandanda: Grizmann ko'p narsaga qodir

Bugun “Atletiko M” “Marsel”ga qarshi Yevropa Ligasi finalida bahs olib boradi.

“Marsel”ning darvozaboni Stiv Mandanda o'yindan oldingi fikrlari bilan bo'lishdi.

“Men juda ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordim. biroq ertaga (bugun) maydonga tushadigan bo'lsam, demak, o'ynash uchun 100 foizga tayyor bo'laman. Grizmann? U dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan, u ko'p narsaga qodir o'yinchi. Ammomaydonga tushishi mumkin bo'lgan Diego Kosta, Kevin Gameyro va Fernando Torreslar haqida ham unutmaslik lozim”, - deydi Mandanda


Manba: UEFA.com