
Ushbu yozgi transfer mavsumi davomida "Real"ni Gonsalo Iguain tark etishi ehtimoli juda yuqori. Aynan uning o'rniga Anchelootti nozodlarni ko'rib chiqyapti. Yovetich ana shu nomzodlardan biriga aylandi.
Avvalroq klub Edison Kavani hamda Luis Suares kabi futbolchilar bilan ham qiziqayotgani haqida ma'lum qilingandi. Biroq bu futbolchilarning haddan tashqari yuqori bo'lgan narxi, madridliklarni boshqa variantlarni ham ko'rib chiqishga majbur qilmlqda. Chunki transfer uchun sarflamoqchi bo'lgan pullarning asosiy qismini madridliklar Beylni qo'lga kiritish uchun sarf etadi. Beylni esa taxminiy baxosi 90 million evro ekanligi takidlanyapti.