Sterlingdan yubiley gollar

Sherzod Nurmatov
8 avg 2020, 02:05
"Manchester Siti" futbolchisi Rahim Sterling Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Real"ga qarshi o'yinda gol urdi.

25 yoshli Sterling himoyachi Rafael Varanning xatosidan so'ng, "Siti"ning dastlabki golini urdi.

Bu orqali Sterling "Manchester Siti" uchun barcha musobaqalardagi 100-golini urdi. U 1981 yildan beri bunday natijaga erishgan birinchi ingliz futbolchisiga aylandi.

Bundan tashqari, Sterling Chempionlar Ligasida raqiblar darvozasiga 20 ta to'p kiritib, bu borada oltinchi angliyalik bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta