Sterling faoliyatidagi qaysi holat uni afsuslantirishi haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
19 dek 2021, 10:00
“Manchester Siti” vingeri Rahim Sterling sobiq jamoasi “Liverpul”ni esga oldi.

“Bazida nima xohlayotganingni tushunishing kerak, futbolchilik faoliyati qisqa, shu tufayli nima bo'lishini oldindan bilmaysan. Doim ham to'g'ri bo'ladigan qarorni qabul qilolmaysiz. Bazan bunday o'zgarishlar yaxshi tomonga olib boradi.

Faoliyatim davomida afsuslanadigan yagona holat bu “Liverpul”ni qanday tark etganim. Qolgani esa yaxshi. O'shanda mening maqsadlarim klubniki bilan to'g'ri kelmasdi. “Liverpul”ni tark etganimdan xafaman. Klub mening faoliyatim va hayotimda katta rol o'ynagan holda ko'tarilishim uchun ulkan hissa qo'shdi. Hali hamon “Liverpul”ga juda yaxshi munosabatdaman”, deydi Sterling.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports