Sterling YCHL tarixiga kirdi

23 okt 2019, 07:15
“Manchester Siti” YCHL 3-turi doirasida o'z uyida “Atalanta”ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Rahim Sterling mezbonlar safida ikkinchi bo'limda 3 ta gol urib, xet-trikka erishdi. Rahimning 3 ta gol urishi uchun esa 11 daqiqayu 12 soniya kerak bo'ldi. Bundan tashqari u ushbu o'yinda 1 ta golli uzatma ham berdi.

Sterling YCHL tarixida xet-trik qayd etgan sakkizinchi ingliz futbolchisi bo'ldi.

Rahim joriy mavsum barcha musobaqalarni hisoblaganda 16 ta gol urib, 8 ta golli uzatma berishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Nissan Football