Sterling APLda mavsumni iyun oyi boshidan davom ettirishga qarshiligini bildirdi

18 may 2020, 09:29
“Manchester Siti” vakili karantidan keyin futbol bahslarini darhol boshlamaslik tarafdori.

“Agar biz yuqori daraja haqida gapiradigan bo'lsak, karantindan keyinoq 1,5 yoki 2 hafta o'tib o'ynashni boshlamaslik kerak. Optimal formaga kirish uchun 4-5 haftalik to'laqonli mashg'ulotlar kerak bo'ladi. Biz esa karantindan keyin individual mashg'ulotlarni boshlaymiz, xolos”, - deydi Rahim.

Eslatib o'tamiz, 1 iyundan e'tiboran Angliyada professional sport musobaqalarini o'tkazishga ruxsat berilgan. Futbol musobaqalari esa iyun o'rtalaridan boshlanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Guardian