Superliga starti "So'g'diyona"ga omadsiz kelishda davom etadi

Iskandarov Abdulaziz
28 fev 2026
Ivan Boshkovich boshchiligidagi "So'g'diyona" Superliganing 1-turida "Andijon" maydoniga safar qildi.

Gollarga boy o'tgan bellashuvda to'liq ustunlik maydon egalari tomonida bo'ldi (4:0). Jizzaxliklar shu tariqa ketma-ket beshinchi mavsumda startni 3 ochkosiz boshladi. Jamoa oxirgi martta 2021 yil Superligani g'alaba bilan kutib olgandi. O'shanda Bakaev ustozlik qilgan "So'g'diyona" mehmonda "Navbahor"ni enggan (1:0).


2026. "Andijon" - "So'g'diyona" 4:0

2025. "Nasaf" - "So'g'diyona" 1:0

2024. "So'g'diyona" - "Neftchi" 1:2

2023. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 0:1

2022. "Bunyodkor" - "So'g'diyona" 0:0

2021. "Navbahor" - "So'g'diyona" 0:1


"Bo'rilar" elitadagi navbatdagi uchrashuvini 6 mart kuni "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia