Starrij KPRga qarshi o'yingacha tiklanadi

Aziz Tukhtamuradov
5 okt 2014, 09:09
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers jamoa hujumchisi Daniel Starrijni keyingi o'yingacha tiklanishi mumkinligini ma'lum qildi.
"Uning "Vest Bromvich"ga qarshi o'yinda bizga yordam berishiga umid qilgandim. Lekin, bu amalga oshmadi. O'ylaymanki, KPR bilan o'yingacha barchasi joyida bo'ladi", - deydi Rojers.

Eslatib o'tamiz, 2 kun oldin futbolchi klub bilan yangi shartnoma imzolagandi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru