Stanislav Cherchesov: "Yerroning jamoasi Lopeteginikidan farq qiladi"

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2018, 14:15
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Ispaniyaga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 1/8 final uchrashuvidan oldin, raqib jamoa o'yini haqida fikr bildirdi.

"Ispaniyaliklar bizga tanish uslubda o'ynashmoqda. Ularga qarshi variantlar topish qiyin, ammo harakat qilamiz. Lopetegi jamoasiga qarshi o'ynaganmiz va Yerro jamoasi unikidan farq qilishini ko'rib turibmiz. Hammasigi aniq qilib aytmayman, biroq jamoa boshqacha o'yin ko'rsatmoqda" - deydi Cherchesov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fifa.com