SSSR Yevropa chempioni bo'lganiga 60 yil to'ldi

Bugun, 10 iyul sobiq Sovet Ittifoqi terma jamoasining "Evro-1960"dagi tarixiy g'alabasiga 60 yil to'ldi.

O'shanda "Park de Prens" (Fransiya) o'yingohida o'tkazilgan musobaqaning final o'yinida Gavriil Kachalin jamoasi Yugoslaviya (2:1) termasini mag'lub qilgandi. Ma'lumot uchun, yakuniy bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangan, Viktor Ponedelnik tomonidan 113-daqiqada urilgan gol sobiq Sovet Ittifoqi terma jamoasini "Ko'hna qita" chempioniga aylantirgandi.


Manba: uefa.com