Srechko Katanets: "O'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblar haqida bosh qotirish kerak emas"

Iskandarov Abdulaziz
27 yanv 2022, 10:11
O'zbekiston milliy terma jamoasining BAAdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davom etmoqda.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets o'tkazilayotgan yig'in va o'rtoqlik o'yinlaridagi raqiblar borasida fikrlarini bildirib o'tdi. 

"O'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Bevosita mazkur yig'in haqida gapiradigan bo'lsam, shu paytgacha yordamchilarim tomonidan amalga oshirilgan ishdan juda minnatdorman. Futbolchilarning tayyorgarligidan yaxshi holatda ekanligini ko'rish mumkin. Bu yig'inda futbolchilarga juda ehtiyot bo'lishimiz kerak. Birinchi navbatda ularning jismoniy holatini hisobga olamiz. Ikkinchi tomondan kerakli uchrashuvlarni o'tkazib etarli o'yin amaliyoti berish. Ayni paytdagi hozirlikdan qoniqmoqdaman. 

Menimcha o'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblar haqida bosh qotirish kerak emas. Chunki hozirgi tayyorgarlik bosqichida bu muhim hisoblanmaydi.  Kuchli o'yin ko'rsatish, natijani rasmiy bahslarda ko'ramiz.  Biz futbolchilarning jismoniy holatini ustun qo'ymoqdamiz. Bazilarda charchoq alomatlari bor. O'yinchilar klublariga sog' salomat yetib borishi zarur. Covid-19 bilan bog'liq kichik muammolarni aytmaganda hammasidan mamnunman",- deydi Srecho Katanets. 




Video: O'FA matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia