"Sporting" murabbiyi Ronalduning klubga qaytishi to'g'risidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Оқил Абдубарноев
25 iyul 2022, 20:28
Lissabonning "Sporting" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim Krishtianu Ronalduning klubga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik yulduz faoliyatining ilk yillarini aynan Lissabon klubida o'tkazgan.

"Ronaludning qaytishi to'g'risidagi mish-mishlardan xabardorman, lekin bu masalaga jiddiy qaraganim yo'q. O'tgan mavsumdagi tarkibimiz saqlanib qolganidan mamnunman, bular dunyoning eng zo'rlari", - dedi Amorim.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: SportTV