"Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2026, 00:16
Lissabonning "Sporting" jamoasi bosh murabbiyi Ruy Borjesh YCHL 1/4 final javob uchrashuvi oldidan o'z jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi tarkiblari o'rtasidagi moliyaviy farq haqida qiziqarli fikr bildirdi.

Jamoalar bugun Londonda yarim final yo'llanmasi uchun bahs olib boradilar. Dastlabki o'yinda "to'pchilar" 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

"Tarkibning narxi - nisbiy tushuncha. Mercedes ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi, Peugeot ham. Lekin Mercedes ikki barobar qimmatroq turadi.

Eng asosiysi - qisqa yo'llarni, ko'chalarni yaxshi bilish, vaqtida burilishni va oldinga o'tib ketishni uddalashdir", - dedi Borjesh.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola