Sport.es: Arsenal Kasilyas erkin agentga aylansa yiliga 9 mln evro maosh berishga tayyor

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2014, 09:03
Arsenal hamon Real posboni Iker Kasilyas bilan qiziqmoqda.
London klubi 33 yoshli Ispaniya terma jamoasi darvozaboniga 5 yillik shartnoma va yiliga 9 million evro maosh bermoqchi, deb xabar bermoqda Sport.es nashri.

Faqat buning uchun Kasilyas Arsenal safiga erkin agent sifatida o'tishi kerak.

Darvozabonning o'zi ham kanonirlarning taklifiga rozi bo'lmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Kasilyasning Real bilan shartnomasi 2017 yilda tugaydi.

Eslatib o'tamiz, Madrid klubiga Levante posboni Keylor Navasning o'tishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru