

Marosim kecha Portugaliyaning Eshtoril shahrida bo'lib o'tdi. Unda mamlakatning 2022 yildagi "Eng yaxshi sportchilari"ni taqdirlashdi. Ronaldu jarayonda bevosita ishtirok eta olmagan bo'lsada, avvalroq yozib olingan videomurojaati yig'ilganlarga qo'yib berildi:
"Men doimo eng yaxshi bo'lish uchun mehnat qilaman. Bunday sovrin menga kelajakda o'z ustimda ishlashdan to'xtamasligim uchun o'zgacha ishtiyoq bag'ishlaydi".



