"Sport TV"da yangi ko'rsatuv - "GOL"

Aslanov Jasurbek
8 fev 2016
Avvallari Davlat Turdialiev boshlovchiligidagi "Gol" ko'rsatuvini tomosha qilar edik.

Bugun soat 20:50da "Sport TV"da, "Gol" ko'rsatuv yangicha talqinda, yangi boshlovchi bilan efir yuzini ko'radi. Bizga ma'lum bo'lishicha, unda ma'lum bir voqea atrofida suhbat o'tkaziladi. Bugungi ko'rsatuv "Bunyodkor" - "Al Shabab" uchrashuviga qaratiladi.

Shuningdek, olgan ma'lumotlarimizga ko'ra "Futbol sharhi"ning o'rniga, oliy liga o'yinlari davomida Dilshod To'xtabekov muallifligidagi yangi ko'rsatuv efir yuzini ko'radi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia