SPORT TV "Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvini ham jonli namoyish etadi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2018, 12:18
Xabaringiz bor, "Metallurg" va "Navbahor" o'rtasidagi o'yin 2 mart kunidan 4 mart kuniga ko'chirilgandi.

“Metallurg” PFK prezidenti, “O'zbekiston” metallurgiya kombinati Hissadorlik  jamiyati  Bosh direktori  A.Xursanovning ko'p millatli Bekobod shahri aholisi nomidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti U.Ahmadjonov nomiga yozilgan rasmiy xatiga binoan milliy chempionat Superligasining “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvi oldindan belgilangan 2 mart sanasidan 4 mart sanasiga ko'chirildi.

Shu sabab, “Sport” TV dasturlarida o'zgarish qilishga majbur bo'ldi. Superliga o'yinlarini jonli efirda namoyish qilishni maqsad qilgan  “Sport” TV rejaga ko'ra 2 mart, juma kuni soat – 18:00 “Metallurg” – “Navbahor” bahsini jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgandi. Endilikda mazkur o'yindan reportaj 4 mart, yakshanba kuni soat – 15:20 da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: СПОРТ ТВнинг телеграмдаги расмий канали